"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Voysex Shesni kataloniyaliklar lageriga o‘tganidan so‘ng darvozabonlar haqida gapirdi.
"O‘ylaymanki, "Barsa"da o‘ynash u uchun ajoyib tajriba bo‘ladi. Agar menda qandaydir shubha bo‘lsa, men yo‘q degan bo‘lardim.
Shesnining o‘zi bizga "ha" dedi. Uni mashg‘ulotlarda ko‘ramiz. U bilan ishlashga vaqtimiz bor. Bizga yangi o‘yinchi kelganidan xursandmiz, menimcha, Shesni Inyaki Penaga yordam beradi.
Bizda ko‘proq imkoniyatlar bo‘ladi. Klub qaroridan mamnunman", - deya Flikning so‘zlarini keltiradi Marca.