Italiyaning “Milan” klubi yarim himoyachisi Tirjani Reynders o‘z kumirlarini nomladi.
"Kichkinaligimda Ronaldinoga mahliyo bo‘lganman. Keyin 10-12 yoshimda Lionel Messi kumirimga aylandi. Lekin ularning hech birini uchratmaganimdan afsusdaman. Umid qilamanki, bunday imkoniyat kelajakda paydo bo‘ladi", - deya Reyndersning so‘zlarini keltiradi pianetamiln.it.
Eslatib o‘tamiz, Reynders 2023 yilning yozidan buyon o‘zining hozirgi klubida to‘p tepmoqda.