Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Jaloliddin Masharipov: «Katanes yonimizda bo‘lmasa-da murabbiy talab qilgan narsani yaxshi bilgan holda harakat qilamiz»

Jaloliddin Masharipov: «Katanes yonimizda bo‘lmasa-da murabbiy talab qilgan narsani yaxshi bilgan holda harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov bugun OAV vakillariga intervyu berdi.

"Saralashning ushbu bosqichiga qur’a tashlangan paytda, boshqa jamoalarni hurmat qilgan holda shuni aytishim mumkinki, biz aynan ushbu jamoalarga (Eron va BAA) qarshi o‘yinlarni ko‘proq kutdik. Shu kunlar kelmoqda. Yigitlarning barchasi hozir yaxshi kayfiyatda. Futbolchilar avvalgi oydagi yig‘inga nisbatan yaxshiroq formada yetib kelmoqda. Barcha o‘z klublar safida o‘ynashni boshladi. Hamma o‘yinchilar Eron bilan bahsga tayyor deb ayta olaman. BAA bilan o‘yin esa Braziliyaga qarshi bo‘ladi, desak ham bo‘ladi. Ko‘pgina braziliyalik futbolchilar BAA fuqaroligini olgan. Yaxshi o‘yin bo‘ladi. Qo‘ldan kelgancha kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz.

Eronni ayni paytda kuchsizlangan deya olmayman. Ular O‘zbekistonni juda ham hurmat qiladi. Biz ularni bunga majbur qildik, deb ayta olaman. Eronga qarshi bahsda chiroyli o‘yin ko‘rsatib, o‘z uyimizda 3 ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

Katanesda avval ham sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgandi. Bu birinchi marta emas. Ammo 3 yil davomida birga ishlab kelyapmiz va u bizdan nima xohlashini yaxshi bilamiz. Murabbiy biz bilan birga bo‘lgani yaxshi, ammo u bo‘lmasa ham murabbiy talab qilgan narsani yaxshi bilgan holda harakat qilamiz. Ayni paytda bizga yangi murabbiy shart emas. Men bunga qarshilik qilgan bo‘lardim. Murabbiyning taktikasi evaziga biz kuchli raqiblarni yuta boshladik. Katanes yonimizda bo‘lmasa ham, u hamisha biz bilan aloqada", — dedi Masharipov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:30, 07.10.2024.
O'qildi: 3106 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик