Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Inyesta: «90 yoshimgacha futbol o‘ynagan bo‘lardim»

Inyesta: «90 yoshimgacha futbol o‘ynagan bo‘lardim»

Baho:
+ | -

«Barselona» afsonasi Andres Inyesta futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida gapirdi.

Ispaniyalik futbolchi 40 yoshida professional faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

«Men chetda qololmayman, chunki futbol mening hayotim edi. Men 90 yoshgacha o‘ynagan bo‘lardim. Bu lahzani ta’riflash uchun bitta so‘z bo‘lsa, bu g‘ururdir. Men oxirgi kungacha kurashganimdan faxrlanaman», - deya Inyesta so‘zlarini keltiradi "Barca Universal".

Eslatib o‘tamiz, Inyesta 2002 yildan 2018 yilgacha «Barselona»da o‘ynagan. Bu vaqt ichida u 674 ta o‘yin o‘tkazib, 57 ta gol urdi va 135 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:46, 08.10.2024.
O'qildi: 755 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик