Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

"Devis kubogi". O‘zbekiston terma jamoasining keyingi raqibi ma’lum bo‘ldi. O‘yinlar yana Toshkentda bo‘ladi!

"Devis kubogi". O‘zbekiston terma jamoasining keyingi raqibi ma’lum bo‘ldi. O‘yinlar yana Toshkentda bo‘ladi!

Baho:
+ | -
Tennis bo‘yicha erkaklar terma jamoalari orasida norasmiy Jahon chempionati bo‘lmish "Devis kubogi" musobaqasining I Jahon guruhi va unga pley off bosqichi uchun qur’a tashlandi.

Yodingizda bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasi sentyabr oyida II Jahon guruhi doirasida Estoniyani qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Mazkur g‘alaba orqali I Jahon guruhi uchun pley off bosqichiga yo‘l olgan terma jamoamizning keyingi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Sergey Lebed shogirdlari pley off bosqichida Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

O‘yinlar 2025 yilning fevral oyida Toshkentda o‘tkaziladi. Hozircha turnirga qaysi majmua va qanday turdagi kortlar mezbonlik qilishi noma’lum.

Jamoalar shu kungacha o‘zaro o‘yin o‘tkazmagan. Bosniya va Gersegovina terma jamoasi so‘nggi o‘yinini I Jahon guruhi doirasida sentyabr oyida Xitoy Taypeyiga qarshi o‘tkazib, 3:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi "Devis kubogi" reytingida ayni damda 287,5 ochkoga ega bo‘lgan holda 42-o‘rinni egallab turibdi. Bosniya va Gersegovina esa reytingda 30-o‘ringa joylashgan.

Kiritildi: 23:02, 09.10.2024.
O'qildi: 1112 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик