Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham "Milan" vakili Teo Ernandes haqida gapirdi.
"Teo mavsumning birinchi qismini qiyin o‘tkazdi. Men u bilan bu vaziyatni muhokama qildim. Albatta, u biroz yaxshiroq harakat qilishi mumkin edi. Teo buni tushunadi. Umid qilamanki, u terma jamoada o‘zini ko‘rsata oladi, bu futbolchilar bilan ko‘p sodir bo‘ladi", - deya Desham so‘zlarini keltirmoqda pianetamilan.it.
Teo "Milan"da 2019 yildan beri o‘ynab kelmoqda.