Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul 1-1 Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima 1-0 Shanghai Shenhua
10/12 22:45 Qorabog‘ - Ayaks
10/12 22:45 Vilyarreal - Kopengagen
11/12 01:00 Atletik Bilbao - PSJ
11/12 01:00 Bayer - Nyukasl
11/12 01:00 Borussiya D - Bude-Glimt
11/12 01:00 Bryugge - Arsenal
11/12 01:00 Yuventus - Pafos
11/12 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
11/12 01:00 Benfika - Napoli

Infantino O‘zbekistonda o‘tkazilgan Jahon chempionatidan mamnun

Infantino O‘zbekistonda o‘tkazilgan Jahon chempionatidan mamnun

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonda o‘tkazilgan FIFA Futzal Jahon chempionatini yuqori darajada o‘tgani munosabati bilan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti Abdusalom Azizovga minnatdorchilik xati yo‘lladi.

"O‘zbekistondagi do‘stona munosabat, ajoyib mehmondo‘stlik va ayniqsa Braziliya - Argentina uchrashuvidagi o‘ziga hos muhitdan juda ta’sirlangan holda yozmoqdaman.

Avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shuningdek Bosh vazir Abdulla Aripov, Sport vaziri Adham Ikramov va Sizning boshchiligingizdagi futbol assosiasiyasi, birinchi vise-prezident Ravshan Irmatov hamda Toshkent, Andijon, Buxoro shaharlarida mehnat qilgan barchaga rahmat aytamiz.

Sizlarning ulkan mehnat va jonkuyarligingiz sababli ushbu chempionat chin ma’noda ajoyib, esda qolarli o‘tdi. Bu turnir FIFA Futzal Jahon chempionatlari orasida eng yaxshisi va muvaffiqiyatlisi sifatida tarixda qoldi.

Mana shu vaqt mobaynida Siz bilan futbol borasidagi fikr va g‘oyalar almashish imkoniyatiga ega bo‘lganimizdan xursandman. FIFA mamlakatingiz futboli rivojiga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llashga doim tayyor.

Siz bilan tez fursatda yana uchrashish umididaman va eng yaxshi tilaklarni yo‘llab qolaman", deyilgan rasmiy maktubda.

Manba: UFA
Kiritildi: 14:06, 12.10.2024.
O'qildi: 1572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.