Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-1 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

“Metallurg” nazorat uchrashuvida “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

“Metallurg” nazorat uchrashuvida “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

Baho:
+ | -

FIFA kunlari munosabati bilan milliy chempionatimizda yuzaga kelgan tanaffusni jamoalar o‘rtoqlik nazorat uchrashuvlari bilan to‘ldirishmoqda. Haftalik tayyorgarlik siklini bugun “Metallurg” jamoasi o‘z o‘yida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi ko‘rik o‘yini bilan yakunladi.

“Metallurg” markaziy stadionida kechgan bahs qiziqarli kurashlarga boy bo‘ldi. Har ikkala jamoa murabbiylar shtabi bo‘lg‘usi raqiblarining o‘yin uslublaridan kelib chiqib, o‘yin taktikalarini shakllantirish borasidagi rejalarini ko‘zdan kechirib olishdi.

O‘yin mezbonlarning ustunligi ostida o‘tdi va u qayd etilgan hisobda ham o‘z aksini topdi. Dastavval maydon egalarining xavfli hujumini qaytarish chog‘ida mehmonlar himoyachisi Islomjon Qobilov to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Birinchi taym o‘rtalariga kelib jarohatdan qutilib, jismoniy tayyorgarligini maromiga yetkazib borayotgan Shahzodjon Ne’matjonov hisobdagi farqni oshirdi.

Ikkinchi taymda esa jamoa sardori Zabixillo O‘rinboyev hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi – 3:0. Har ikkala jamoa murabbiylari ixtiyoridagi barcha o‘yinchilarni maydonga tushirib ko‘rishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Metallurg” Superliganing navbatdagi uchrashuvini 19 oktyabr sanasida Olmaliq shahrida “Andijon”ga qarshi o‘tkazadi. O‘yin soat 17:15 da boshlanadi.

Nazorat uchrashuvi
"Metallurg" – "So‘g‘diyona" – 3:0. Bekobod. 12.10.2024 yil. "Metallurg" markaziy stadioni.
Gollar: Islom Qobilov (avtogol), Shahzodjon Ne’matjonov, Zabixillo O‘rinboyev

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 22:44, 12.10.2024.
O'qildi: 771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик