Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Vadim Abramov: «VAR bizda vaziyatlarni nega uzoq ko‘rib chiqishi men uchun tushunarsiz»

Vadim Abramov: «VAR bizda vaziyatlarni nega uzoq ko‘rib chiqishi men uchun tushunarsiz»

Baho:
+ | -

Superliga 14-turining qoldirilgan o‘yini doirasidagi «Dinamo» — «Navbahor» (0:1) uchrashuvidan keyin Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Afsuski, bugun noto‘g‘ri o‘ynadik. Hammasidan ham meni bezovta qilayotgani – ketma-ket ikkinchi uchrashuvimizda ham o‘yinimiz chiqmagani va biz vaziyat yaratishda oqsayapmiz. O‘yinni golsiz yakunladik, anchadan buyon bunaqa bo‘lmagandi. Bugun gol o‘tkazib yuborganimizda ham xotirjam edim, sababi avvalgi o‘yinlardagidek gol urib, vaziyatni o‘nglay olishimizga odatlanganman. Ammo g‘alati gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin gol ura olmadik. O‘ylaymanki, biz noto‘g‘ri o‘ynadik va aytarli golli vaziyat yarata olmadik. Raqib esa butun jamoa bo‘lib, himoyada o‘ynadi va bunday o‘yinda gol urish qiyin edi. Birinchi bo‘limda juda yomon o‘ynadik, ikkinchi bo‘limda esa bosim uyushtirib, hujum qildik, biroq hal qiluvchi uzatmalar bo‘lmadi. Afsuski, yakunda mag‘lub bo‘ldik. Stadionga kelgan muxlislardan uzr so‘ragan bo‘lardim, ularning ishonchini oqlay olmadik. Bugun har qanday holatda ham g‘alaba qozonishimiz talab etilardi, ammo oldindan g‘alaba qozonish haqida o‘ylaganingda mana shunday bo‘ladi, — deya gap boshladi Vadim Karlenovich
 
— Anvarjon Hojimirzayev 1-goldagi xatodan keyin konsentrasiyani biroz yo‘qotgandek bo‘ldi...
— Bu futbol. Bu xato emas, to‘p unga kelganda uzoqlashtirmoqchi edi. Bu vaziyatda himoyachilar ham diqqat e’tiborni yo‘qotishdi. Rikoshetdan keyin esa vaziyat gol bilan tugadi. Bu qanchalik unga ta’sir qilganini bilmayman, ammo u betobligi sababli bungacha bir qancha mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan edi. Shu bois, u ba’zida o‘yin ritmidan chiqib qolgandek bo‘ldi. Bugun uning ham, jamoaning ham kuni bo‘lmadi.

— Ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham Kojoning yo‘qligi ta’sir qildimi? Har holda Kojo bo‘lganda Anvarga ko‘proq hudud ochilar va vaziyatlar yaratilardi...
— Mag‘lubiyatga uchraganda ko‘p sabablarni keltirish mumkin. Albatta, Kojo singari hujumchiga himoyachilar ko‘proq e’tibor berishadi va bu Anvarga ham erkinlik paydo qilgan bo‘lishi mumkin. Ammo hozir gap Kojoning yo‘qligi yoki boshqa masalada emas – biz oxirgi o‘yinlarda noto‘g‘ri o‘ynayapmiz. Hamma gap shunda. O‘yinimiz ustida ishlashimiz kerak.

— Bugun Superligada debyut qilgan Firdavs Abdurahmonov Andrey Pyatniskiy qo‘l ostidagi o‘rinbosarlar jamoasida o‘zini ko‘rsatishni boshlagandi. Yoshlar jamoasi va uning o‘yinidan qanchalik qoniqdingiz?
— Yoshlarimiz yuqori o‘rinlarda borayotgani quvonarli va ular safidan bugun Firdavsni sinab ko‘rdik. U debyutida yomon harakat qilmadi, uning kelajagi bor. Eng asosiysi – Abdurahmonovning buyog‘iga o‘z ustida qanday ishlashi. Chunki Abdurahmonov va qolgan yoshlar – Samarqand futbolining kelajagi. Yosh o‘yinchilarni jalb etish ustida ishlaymiz.

— Kelasi turda turnir peshqadami «Nasaf»ga qarshi uchrashuv kutib turibdi...
— Ha, orada katta tanaffus yuzaga keladi va 28 oktyabr kungi «Nasaf» bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Meni hayron qoldiradigan jihati – «Nasaf» 30ta gol urib peshqadam, biz esa 30ta gol bilan 7-o‘rindamiz...

— Kecha o‘yin oldi mashg‘ulotlarda futbolchilarning «Dinamo» stadionida shug‘ullanishi masalasida muammo borligini ko‘rdik...
— Ochig‘i, bu holat men uchun kulguli. Bizga bemalol tayyorgarlik ko‘rish uchun maydonni berishmasa, «Dinamo» stadionidagi maydonni o‘zi kim uchun tayyorlashdi, buni bilmaymiz. Bunga hattoki izoh ham bera olmayman, chunki nega bunday bo‘layotganini bilmayman. Bu menga bog‘liq bo‘lmagan masala, menimcha, buni rahbariyat bizga tushuntirishi kerak. Agar bu maydon biz uchun bo‘lmasa, bizga aytishlari kerak, biz bu yerda shug‘ullanmasdik. O‘yingacha boshqa maydonda shug‘ullanamiz, o‘yinda esa bu yerda to‘p suramiz, bu ham ta’sir qiladi.

— «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda hakamlikdagi xatolarga qaramay, o‘sha o‘yinda VAR hakami bo‘lib ishlagan hakam bugun yana «Dinamo» o‘yinida VAR hakami sifatida ishladi. Buni qanday tushunish mumkin, o‘sha vaziyatlar bo‘yicha nima deya olasiz?
— «Paxtakor» bilan o‘yinda raqibning 1-goli inobatga olingan vaziyatda ularda bu texnika ishlamagani haqida eshitdim. Ammo menga telefondan ko‘rsatishgandayoq, bu texnika yordamisiz ham “o‘yindan tashqari holati” ekani yaqqol ko‘rinib turgandi. Televizor orqali shunchaki takrorini ko‘rganda ham ofsayd ekani ko‘rinib turgandi. VARda ular bir necha daqiqa bu vaziyatni ko‘rib chiqishdi. O‘sha vaziyatda biz Cheranning goli bekor qilinishiga shubha qilmagandik. Hakamlar esa afsuski, golni inobatga olishdi.

Keyin esa to‘p qo‘lga tekkan paytda darvozamizga belgilangan penalti haqida. Mana, O‘zbekiston milliy jamoasining o‘yinida to‘p qo‘lga tekkanda, penalti bekor qilindi, bizning darvozamizga esa qo‘yildi.

Hakamlikni muhokama qilishni istamayman, ammo meni hakamlarning xatosidan ham ko‘ra, VARning ishi ko‘proq o‘ylantiradi. Mana, masalan, O‘zbekiston kubogi finalida, milliy jamoamiz o‘yinida xorijlik hakamlar ishlashdi. Ko‘rdik, VARga bog‘liq vaziyatlarda juda tez qaror qabul qilishdi. Ochig‘i, bizda internet shunaqa ishlagani uchun, VAR ham shunday ishlasa, kerak deb o‘ylardim. Ammo xorijlik hakamlar ham O‘zbekistonda turib VARda shunday ishlashdi. Bizning o‘yinlarda to‘p maydondan chiqib ketsa ham, VAR qaysidir vaziyatni ko‘rishi uchun kutamiz, tushunarsiz to‘xtalishlar yuzaga kelaveradi. Bu esa har qanday o‘yinning ritmiga ta’sir qiladi. VAR bizda vaziyatlarni nega uzoq ko‘rib chiqishi men uchun tushunarsiz va meni o‘ylantiradi, — dedi Vadim Abramov jurnalistlarning savollariga javoban.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 07:24, 13.10.2024.
O'qildi: 1400 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.