Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

O‘zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi: “Abbosbek Fayzullayev kechagi mashg‘ulotlarda jarohat oldi”

O‘zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi: “Abbosbek Fayzullayev kechagi mashg‘ulotlarda jarohat oldi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Vlado Radmanovich BAAga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

“Avvalo Srechko Katanes haqida ma’lumot bermoqchiman. U hozir yaxshi ahvolda va bizning barcha mashg‘ulotlarimizni onlayn tomosha qildi va bizga maslahatlar berdi. Katanes noyabrda biz bilan birga bo‘ladi. BAA bilan o‘yin juda muhim. Bizda bir salbiy an’ana bor. O‘zbekiston o‘z uyida hech qachon BAAni yutmagan. Ertaga biz g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Futbolchilar o‘yinga tayyor”, dedi murabbiy.

Murabbiylar Eron bilan o‘yinda nega faol bo‘lmagani haqida to‘xtaldi.

 
“Bosh murabbiyning maydon chetida bo‘lishi futbolchilarga boshqacha ta’sir qiladi. Uning ishi ham boshqacha ko‘rinishda bo‘ladi. Tan olaman, biz Eronga qarshi o‘yinda o‘zgarishlar qilishga kech qoldik. Ba’zan g‘alaba qozonish uchun qiladigan o‘zgarishlar aks ta’sir qilishi mumkin.


Katanes BAAda ishlagani foydali. Murabbiyligida Srechko Katanes O‘zbekiston termasini mag‘lub etgan. Albatta, o‘sha paytdagi jamoa hozirgidan farq qiladi, ammo ularning mentaliteti, xarakteri va chempionat darajasidan yetarlicha xabardor”, dedi O‘zbekiston jamoasining yordamchi murabbiyi. 

Murabbiy kechagi mashg‘ulotlar davomida Abbosbek Fayzullayev jarohat olgani, hujumchilar yo‘qligi va ertangi o‘yin taktikasi haqida gapirdi.

“BAA o‘yinlarini tahlil qildik. Jamoa himoyada yaxshi o‘ynaydi va o‘yinlarda himoyaga ko‘proq tayanadi. Ushbu himoyaga qarshi bosim o‘tkazishga harakat qilamiz. Afsuski, kechagi mashg‘ulotlarda jarohat oldi. Oston O‘runovning ham hozirda jarohati bor

Gol urolmaganimiz? Eron himoyasi kuchliligini tan olish kerak. Ammo biz ham ulardan to‘p o‘tkazmayapmiz. 3 yil avvalgi bilan solishtirsak, O‘zbekiston o‘sishga erishdi.

Ertangi o‘yin taktikasi haqida gapira olmayman. Ammo lozim bo‘lsa, tavakkal qilishimiz mumkin. Aziz Turg‘unboyev, Hojimat Erkinov kabi futbolchilar bilan o‘yinni kuchaytira olamiz. Bizga hozir yetishmayotgan futbolchi — Igor Sergeev. Ikkinchi markaziy hujumchi yo‘qligi sabab Eldor Shomurodov to‘liq o‘ynamoqda”, dedi murabbiy.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston — BAA uchrashuvi ertaga, 15 oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:31, 14.10.2024.
O'qildi: 3196 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик