Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Vladimir Bubanya: “Andijon” doimo qalbimda birinchi o‘rinda turadi"

Vladimir Bubanya: “Andijon” doimo qalbimda birinchi o‘rinda turadi"

Baho:
+ | -

“Andijon” klubining serbiyalik legioneri Vladimir Bubanya allaqachon muxlislarning mehrini qozonishga ulgurgan. U O‘zbekiston Kubogi finalida qo‘shimcha daqiqalarning oxirida urgan goli evaziga “Andijon” xarakter ko‘rsatdi va Kubokni yutib ketdi.

Ayni paytda jamoa chempionatning keyingi turiga tayyorgarlikni davom ettiryapti.

Bubanya faoliyatida ikkinchi marta Kubokni yutishga erishdi. Avvaliga OKMK bilan, endi esa “Andijon” bilan bu ishni uddalagan legionerga aylandi.

-  Bilamizki, siz 2018 yili OKMK tarkibida O‘zbekiston Kubogi finalida g‘olib chiqqansiz. O‘sha o‘yin ham aynan Farg‘onadagi “Istiqlol” arenasida o‘tgan. Oradan 6 yil o‘tib yana o‘sha stadionda Kubokni yutdingiz. Siz uchun qaysi biri qadrliroq?

-  Ha, men OKMK bilan 2018 yili bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kubogini Farg‘onadagi o‘yinda yutgandim. Lekin bu safargi final men uchun katta ahamiyatga ega. Boisi, bu safargi final men uchun oldingi finaldan ko‘ra yorqinroq bo‘ldi. Men faqat ushbu uchrashuvda gol urganim uchungina aytmayapman. Shunchaki, o‘shanda bu mening O‘zbekistondagi debyut mavsumim edi. Shu bois menga u qadar sezilmagandi.

-  Oxirgi daqiqada gol urdingiz. Uchrashuv boshida siz o‘yin ssenariysi shunday tugashini hayolingizga ham keltirmagan bo‘lsangiz kerak-a?

-  Albatta, gol urganimdan nihoyatda xursandman. Bu kabi uchrashuvlarda bunday vaziyatlar juda kam bo‘ladi, ayniqsa, oxirgi daqiqalarda. O‘zbekistonda hech kim bunday ssenariy bo‘lishini kutmagandi. Lekin biz o‘yin oxirigacha, so‘nggi soniyagacha harakat qildik va g‘alaba qozonishimizga ishonardik.

-  Bu gol faoliyatingizdagi eng muhim va esda qolarlisimi?

-  100 foiz mening faoliyatimdagi eng muhim gol bo‘ldi, deb o‘ylayman.

-  Internet orqali finaldagi gollar va turli epizodlar “aylanyapti”. Bularni ko‘rganingizda qanday xissiyotlar jo‘sh uryapti?

-  Albatta, men bu vaziyatni juda ko‘p marta ko‘rdim. Ushbu kadrlar uchun haligacha ishonmayapman. Shunday vaziyatlar uchun ham futbol o‘ynaymiz va men buning uchun nihoyatda mamnunman.

-  G‘alaba bilan sizni kimlar tabrikladi?

-  Ha, ko‘pchilik tabrikladi. Futbolchilar, murabbiylar va ularga yana bir bor rahmat aytib qolaman.

-  O‘zbekistondagi faoliyatingizda “Andijon” alohida o‘rin tutadi. 3 yil ichida klub yangi tarixining bir qismiga aylandingiz...

-  “Andijon” men uchun doimo qalbimda birinchi o‘rinda turadi.

-  Ko‘pchilik finalda “Navbahor”ni favorit deb hisoblagandi. Raqibni mag‘lub etishda asosiy omil nimada bo‘ldi?

-  To‘g‘ri, ular o‘yingacha favorit edi. Ammo bu final. Unda nima bo‘lishi har doim noma’lum. Bizning xohishimiz muhimroq bo‘ldi va shu bilan birga o‘yin oxirida omad ham biz tomonda bo‘ldi" - dedi Bubanya.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 14:39, 15.10.2024.
O'qildi: 1311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.