Tomas Tuxel Angliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘ladi. Nemis mutaxassisi yaqin kelajakda - 2025 yil boshida bu ishni boshlaydi. O‘tmishda mashhur bo‘lgan futbolchi Gari Nevill Angliya futbol assosiasiyasining Tuxelni tayinlash qarorini qo‘llab-quvvatlamadi.
«O‘ylaymanki, biz o‘zimizga zarar yetkazyapmiz. Menimcha, Angliyadan bo‘lgan taniqli nomzodlar e’tiborsiz qoldirilgan», - dedi Nevill.