Fransiyaning RMC Sport nashri Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappening Stokgolmga safari haqidagi yangi tafsilotlarni oshkor qildi.
Avvalroq Mbappe Shvesiyada sodir bo‘lgan zo‘rlashda ayblanayotgani xabar qilingandi. Manbaga ko‘ra, kechqurun Stokgolmga safari chog‘ida Mbappega hamrohlik qiladigan uning doimiy qo‘riqchisi ta’tilda edi.
Uning o‘rnini Kilianning ukasi Etan Mbappe bilan ishlaydigan agent egallagan.
Unga hamroh bo‘lganlar orasida uning shaxsiy yordamchisi va ushbu safarda muhim rol o‘ynagan "PSJ"dagi sobiq jamoadoshi Nordi Mukiele ham bor edi.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe so‘nggi bir necha yil ichida o‘z atrofidagilarning tarkibini o‘zgartirib kelmoqda.