Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«El-klasiko» chiptalari narxi ma’lum bo‘ldi

«El-klasiko» chiptalari narxi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+-1 | -

La Ligadagi «el-klasiko» uchun eng arzon chipta 130 yevro turadi.

La Liganing 11-turidan o‘rin olgan «Real» - «Barselona» uchrashuvi 26 oktyabr kuni «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tadi.

«Real Madrid» o‘zining rasmiy saytida o‘yin uchun chiptalar qachon sotuvga chiqarilishi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirdi. Dastlab, 21 oktyabr kuni klubning premium toifadagi muxlislari chiptalarni xarid qilishlari mumkin bo‘lsa, 22 oktyabrda qolgan chiptalar keng jamoatchilikka taqdim etiladi.

Oddiy tribunalardagi o‘rindiqlar narxi eng arzon chipta uchun 130 yevrodan eng qimmati uchun 455 yevrogacha. VIP zonalar uchun chiptalar narxi 850 yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Real»ning 22 oktyabr kuni «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi doirasidagi «Borussiya»ga qarshi o‘yiniga chiptalar ancha arzon. Eng arzon chipta 75 yevro, VIP chiptalar esa 350 yevrodan boshlanadi.

Kiritildi: 09:56, 17.10.2024.
O'qildi: 10871 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик