Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Umar Nurmagomedov 2024 yilning so‘nggi UFC turnirida oktagonga chiqadi

Umar Nurmagomedov 2024 yilning so‘nggi UFC turnirida oktagonga chiqadi

Baho:
+ | -
Eng yengil vazn toifasi reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan Umar Nurmagomedov navbatdagi raqibini bilib oldi.

U 2024 yil hisobidan o‘rin olgan so‘nggi UFC turnirida jang o‘tkazadigan bo‘ldi. Umar 14 dekabr kuni AQSHning Tampa shahrida o‘tkaziladigan UFC on ESPN 63 turnirida divizion reytingining sakkizinchi pog‘onasidan joy olgan xitoylik Song Yadongga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 

Vaziyatga yaqin manbalarning xabar berishicha, ushbu jang katta ehtimol bilan oqshomning markaziy to‘qnashuvi bo‘ladi. Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Umar Nurmagomedov shu yilning avgust oyida UFC ligasidagi oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgandi. O‘shanda u amerikalik Kori Sendxagenni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgan edi. 

Aslida rossiyalik jangchining keyingi raqibi divizion chempioni Merab Dvalishvili bo‘lishi kerak edi. Lekin gruziyalik aralash yakkakurash ustasi 2025 yilning mart oyigacha oktagonga qaytmasligini aytganidan keyin Nurmagomedov rejasini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Song Yadong esa so‘nggi jangini shu yilning mart oyida rossiyalik sobiq chempion Petr Yanga ochkolar hisobi bilan yutqazib qo‘ygandi. Yangacha xitoylik sportchi ketma-ket ikkita g‘alaba qayd etgandi. U avvaliga Riki Simonni texnik nokautga uchratdi, keyin esa hakamlarning yakdil qarori bilan Kris Gutiyerresni taslim etdi.

Manba: fighttime
Kiritildi: 12:07, 18.10.2024.
O'qildi: 878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.