«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xou Angliya terma jamoasida ishlash bo‘yicha muzokaralar olib bormaganini aytdi.
«Men Angliya futbol assosiasiyasi bilan bog‘langanim yo‘q. Men uchun asosiysi - «Nyukasl», chunki men 100% diqqatimni jamlaganman. Agar konsentrasiyani yo‘qotsangiz, ishlash imkonsizga aylanadi», - dedi Xau.