Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Davletov: «Asilbek pasportdagina yosh. Maydonda esa har doim faol, barcha vazifalarni bajarmoqda»

Davletov: «Asilbek pasportdagina yosh. Maydonda esa har doim faol, barcha vazifalarni bajarmoqda»

Baho:
+ | -

"Surxon" klubi bosh murabbiyi Fevzi Davletov Superliganing 21-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Nasaf"ga qarshi o‘yin (1:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— O‘yin xuddi birinchi davradagi kabi o‘tdi. «Nasaf» bizning yigitlarning xatolarini kutishini bilgandik. Ular pozision o‘ynashdi va ikkinchi hududda bizni kutib olishdi. Dastlabki 15-20 daqiqalikda o‘tish fazalarida bizda xatoliklar kuzatildi va ishlanmalar ko‘rinmadi. Bugun ham «Nasaf» xuddi birinchi davradagidek kichik xatodan keyin jazoladi. Qizil kartochkagacha o‘yin o‘rtacha tempda ketayotgandi, chetlatishdan keyin esa bosim kuchayib ketdi. Yani, barcha hissiyotlarga berilib ketib, o‘yinni ochib yuborishdi. Yigitlardan mamnunman, ular o‘yinga bo‘lgan rejani amalga oshira olishdi

— Garchi bugun jamoangiz peshqadamga qarshi o‘ynagan bo‘lsada, hujum triosida yoshlar harakat qildi: Asilbek Jumayev, Abdug‘ofur Haydarov hamda Sarvar Abduhamidov. Sizningcha, ular bugungi bosimni enga olishdimi?
— Agarda o‘yinga qaraydigan bo‘lsak, Abduhamidov birinchi bo‘limda yo‘qolib qoldi. Asilbek Jumayev esa bunga qadar ham katta o‘yinlarda qatnashgan va unda bu normal holat. Ularning barchasi o‘zlarini yaxshi ko‘rsata olishdi. Bunday stadionda, bunday muxlislar qarshisida o‘ynash yoqimli. Bu stadionda yomon o‘ynab bo‘lmaydi. Kuchni 100 foiz emas, 150 foiz ishlatish kerak bo‘ladi. Bugun ushbu futbolchilar yaxshi kurashishdi va bu yaqqol ko‘rindi.

— «Surxon» ikkinchi bo‘limda faolroq o‘yin ko‘rsatdi. Jamoangiz ikkinchi bo‘limda o‘yinni kuchaytirdimi yoki «Nasaf» tashlab yubordimi?
— Boya aytganimdek, bu o‘yin birinchi davradagi o‘yinni eslatib yubordi. Ular gol urib olganidan keyin bizni ikkinchi hududda kutib olishni boshladi va xatolarimizni kutdi. Bugun ham bu takrorlandi. Tabiiyki, hisobni tenglashtirish uchun oldinga o‘tish kerak. «Nasaf»da bugun vaziyatlar etarlicha edi, lekin realizaciya ularga muammo bo‘ldi. Biz to‘g‘ri o‘ynadik. Qizil kartochkalardan chiqib keta olmayapmiz. Bu yomon holat.

— Bugun jamoaga yordam bera olmagan 3 asosiy futbolchining o‘rniga tushirilganlar asosiy futbolchilarning o‘rnini bosa olishdimi?
— Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynashdi. Ular Abdixoliqov, Nasrullayev va Mozgovoyni bosim ostida ushlashdi. Bugun ular faol bo‘lishdi. Ularda vaziyatlardan foydalanish muammo bo‘ldi. Bizda darvozabon yaxshi harakat qildi.

— Potapov bunga qadar ko‘rinmay qolgandi. Uning jarohati bormidi?
— Ichki muammolar bor edi.

— Bugun Behzod Shamsiyev «Surxon»da ilk marta sardor sifatida maydonga tushdi. Uning etakchilik qobiliyatini qanday baholaysiz? Shuningdek, yosh futbolchi Asilbek Jumayev yosh bo‘lishiga qaramasdan jamoa tarkibidagi 50-uchrashuvida qatnashdi.
— Shamsiyev bugun sardorlikka loyiq o‘yin ko‘rsatdi. Asilbek esa o‘tgan yildan beri asosiy futbolchi. Endi u yosh bola emas. Pasportdagina u yosh bola. Maydonda esa har doim faol, barcha vazifalarni bajarmoqda.

Manba: pfcsurkhon.uz
Kiritildi: 22:27, 18.10.2024.
O'qildi: 812 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.