«Atletiko Madrid» bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoaning sobiq hujumchisi Samu Omorodionning so‘zlariga izoh berdi.
«Biz halol bo‘lishga, klub uchun eng yaxshisini topishga harakat qilmoqdamiz. U 28 iyun kuni «Atletiko»da qolishni istamasligini aniq bildirgan xabar yuborganini biladi», dedi Simeone.
Omorodion avvalroq alohida mashg‘ulot o‘tkazganini, u bilan hech kim gaplashmaganini aytgandi.