Emil Xeski "Liverpul"ning Muhammad Saloh bilan shartnomasini uzaytirish imkoniyatlari haqida gapirdi.
Misrlik forvardning amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Virjil van Deyk va Trent Aleksandr-Arnoldning ham shartnomasi kelasi yozda tugaydi.
"Liverpul" 7 o‘yindan keyin 18 ochko jamg‘arib, APLda birinchi o‘rinda bormoqda.
"Trent yangi shartnoma imzolaydi. Bolaligingizdan beri o‘ynagan klub uchun sovrinlar yutish futbolchi uchun juda kuchli ishtiyoq beradi.
U "Liverpul"da barcha ambisiyalarini amalga oshirishi mumkinligini biladi. Umid qilamanki, u "Liverpul" ertagini davom ettiradi va yangi shartnoma imzolaydi.
Salohga kelsak, hammasi uning qanday shartnomani xohlashiga bog‘liq. Uning qanday talablari bo‘lishidan qat’i nazar, ularni qondirish mumkin, deb o‘ylayman.
Agar "Liverpul" xohlaganida, Saudiya Arabistonidan katta takliflar bo‘lgan o‘tgan mavsumda uni sotib yuborgan bo‘lardi.
Van Deyk haqida ham xuddi shunday fikrdaman. Ikkala o‘yinchi ham klub va ish yo‘nalishidan mamnun", - dedi “Liverpul”ning sobiq futbolchisi Emil Xeski.