Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Aleksandr Xomyakov: «Har bir o‘yin biz uchun finaldek»

Aleksandr Xomyakov: «Har bir o‘yin biz uchun finaldek»

Baho:
+ | -

«Metallurg» – «Andijon» (0:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov savollarga javob qaytardi.

— 6 ochkolik xarakterli o‘yin bo‘ldi. Raqib jamoaga ochko juda zarurligini tushunish qiyin emasdi. Lekin ikkala jamoa ham g‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsatmadi. Ko‘plab vaziyatlardan foydana olmadik. Ikkala jamoa ham extiyotkorlik bilan to‘p surishdi. Bizning rejamiz boshqacha edi. Raqib jamoa tajovuzkorroq harakatlandi. Biz o‘yinning katta qismini himoyada o‘tkazishga majbur bo‘ldik. Qayta hujumga o‘tish qiyin bo‘ldi. Jiddiy qarshilikka duch keldik. Afsuski, yana bir bor chempionatda g‘alaba qozona olmadik.

— O‘zbekiston Kubogidagi g‘alabadan keyin futbolchilarni bu o‘yinga tayyorlash qiyin bo‘lmadimi?

— Ha, bu o‘yinga tayyorlash qaysidir ma’noda qiyin bo‘ldi. Yigitlar chempionatda ham, Kubokdagidek g‘alabalar zarurligini tushinib turishibdi. Bizning maqsadimiz faqat g‘alaba edi. Muxlislarimiz ham bizni faol qo‘llab turishdi. Bizga hujumkorlik yetishmadi. Vaziyatlardan gol ura olmadik. Qaysidir ma’noda o‘yindan qoniqdim, ko‘rsatgan o‘yin uchun yigitlarga rahmat aytaman.

— Jamoaningizni turnir jadvalida pastki o‘rinlarda borayotgani sizni tashvishlantiryaptimi?

— Albatta, xavotirga solyapti. Anchadan beri g‘alaba qozona olmayapmiz. Ko‘p sonli muxlislarimiz bizdan g‘alaba kutishmoqda. Qandaydir ruhiy  o‘raga tushib qolgandekmiz. Kubokdagi zafarimiz zo‘r ko‘rinish bermoqda. Hujumda muammolarimiz bor, vaziyatlardan foydanalanishda oqsamoqdamiz. Ayniqsa, qo‘shib berilgan daqiqalardagi standart vaziyatda Bubanya yaxshi harakatlangandi. Vaziyatlarni yaratayotganimiz xursand qilyapti, lekin hamon g‘alaba yo‘q.

— Qolgan o‘yinlarda necha ochko jamg‘arishni o‘ylayapsiz?

— Yigitlar bilan gaplashib oldik, har bir o‘yin biz uchun finaldek. Shu tarzda ruhlantirmoqdamiz. Har o‘yindan maksimum ochko olmoqchimiz. Qancha ochko yetarli ekanligini sanab, hisoblaganimiz yo‘q.

— O‘zbekiston Kubogidagi g‘alabadan keyin futbolchilarga va’da qilingan pullar to‘landimi?

— Ha, albatta, bosh homiymiz va viloyat hokimligi tomonidan va’da qilingan rag‘batlantirishni oldik. Buning uchun ularga katta minnatdorchiligimizni  bildiramiz. Bunday e’tibordan xursandmiz.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 07:29, 20.10.2024.
O'qildi: 620 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик