Braziliyalik Neymar "Al-Hilol"ning OCHL doirasidagi "Al-Ayn"ga qarshi o‘yinida maydonga tushadi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. "Men tayyorman. Bilaman, hamma buni kutayotgan edi. Men ham. 21-oktyabrda qaytaman, - dedi 32 yoshli futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar xochsimon boylamlari bilan bog‘liq jarohat tufayli yarim yilni o‘tkazib yuborgandi.