"Barselona" futbolchisi Pablo Torre "Sevilya"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushganidan ko‘p o‘tmay ikkita gol urdi.
21 yoshli yarim himoyachi 76-daqiqada Lamin Yamal o‘rniga maydonga tushdi. 82-daqiqadayoq Torre ilk golini nishonladi, 88-daqiqada esa dubl qayd etib, tablodagi yakuniy natijani qayd etdi (5:1).
Shu kungacha Pablo Torre "Barselona" safida 18 ta o‘yinda 2 ta gol urgan edi. Ispaniyalik futbolchi 2022 yilning yozida "Rasing"dan "blaugrana" safiga qo‘shilgandi. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumni "Jirona"da ijara asosida o‘tkazdi.