Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

"Arsenal" o‘z stadionini kengaytirmoqchi

"Arsenal" o‘z stadionini kengaytirmoqchi

Baho:
+ | -

"Arsenal" daromadni oshirish uchun o‘z stadionini kengaytirish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Ayni damda klubning uy stadioni ("Emireyts") sig‘imi bo‘yicha Angliyada oltinchi va Premyer-ligada beshinchi o‘rinda - 60 704 o‘rindiq.

"Manchester Yunayted" (74 197), "Tottenxem" (62 850), "Vest Xem" (62 500) va "Liverpul" (61 276), shuningdek, "Uembli" (90 000) stadionlari "kanonirlar"ning uy arenasidan ko‘proq tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.

O‘tgan mavsumda "Arsenal"ning uy uchrashuvlaridagi daromadi 120 million funtdan oshgandi.

Shu bilan birga, 2022/23 yilgi mavsumda klubning xuddi shu resursdan daromadi 102,6 million funtni tashkil qilgan.

Times ta’kidlaganidek, "Arsenal" rekonstruksiya qilishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin, chunki maydon balandligini pasaytirishning texnik imkoniyati deyarli yo‘q - bu muxlislarning ko‘rish imkoniyatiga ta’sir qiladi.

Kiritildi: 10:09, 22.10.2024.
O'qildi: 631 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик