Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

O‘zbekistonlik kanoechi 3 yilga musobaqalardan chetlatildi

O‘zbekistonlik kanoechi 3 yilga musobaqalardan chetlatildi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik kanoechi Shohmurod Xolmurodovning organizmida taqiqlangan Klomifen moddasi borligi aniqlanib, u sportdan 3 yilga diskvalifikasiya qilindi.

Kanoechi Butunjahon antidoping kodeksining 2.1 qoidasi (Taqiqlangan modda yoki uning metabolitlari va markerlari sportchi analizida mavjudligi)ni buzganligi sababli Butunjahon antidoping kodeksining 10.2.1 bandiga asosan 3 yil muddatga diskvalifikasiya qilindi.

Qayd etilishicha, diskvalifikasiya jazo muddatini o‘tayotgan shaxs muddat tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ushbu shaxsga umrbod diskvalifikasiya muddati qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, kodeksda sport federasiyasi yoki assosiasiyasiga nisbatan ham jazo chorasi qo‘llash mumkinligi belgilangan.

Ma’lumot uchun, Xolmurodov o‘tgan yili Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarining juftlik bahslarida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Murabbiyning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, bu cheklov uning avvalgi musobaqalardagi natijasiga ta’sir qilmaydi. U Osiyo o‘yinlarida olgan oltin medali uchun oylik olishda davom etadi. Hozir mashg‘ulotlarda ham qatnashyapti. Lekin musobaqalarga chiqolmaydi.

Shuningdek, murabbiy sportchi mazkur moddani muolaja vaqtida bilmasdan qabul qilganini tan olganini ma’lum qilgan.

“Unga 4 yil berishmoqchi edi, muolaja qilgani uchun 3 yil berishdi”, deydi murabbiy.

Ma’lum bo‘lishicha, sportchi ayni doping sababli O‘zbekistonda o‘tgan 2024 yilgi jahon chempionatini ham o‘tkazib yuborgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:44, 23.10.2024.
O'qildi: 1227 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик