Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Basketbol tarixida ilk bor ota va o‘g‘il birgalikda bahslarda qatnashdi

Basketbol tarixida ilk bor ota va o‘g‘il birgalikda bahslarda qatnashdi

Baho:
+ | -

“Los-Anjeles Leykers” klubi a’zolari Lebron va Bronni Jeyms Milliy Basketbol Assosiasiyasi (NBA) bahslarida o‘ynagan birinchi ota-o‘g‘il dueti sifatida tarixga kirdi. Ular “Minnesota Timbervulvz”ga qarshi mavsumning ochilish o‘yinida birgalikda kortga chiqdi.

23 oktyabr, chorshanba kuni “Los-Anjeles Leykers” NBA’ning 2024—25 yilgi mavsumining dastlabki o‘yinida o‘z maydonida “Minnesota Timbervulvz”ni mag‘lub etdi. Uchrashuv 110:103 hisobida yakunlandi. Uchrashuvning eng sermahsul o‘yinchisi “Leykers” jamoasi a’zosi Entoni Devis bo‘ldi (36 ochko).

Lebron Jeymsning o‘g‘li Bronni Jeyms “Leykers” safida debyut qildi. NBA’da birinchi marta ota va o‘g‘il bir jamoada bitta o‘yinda birga o‘ynadi. Ular ikkinchi chorak tugashiga to‘rt daqiqa qolganda o‘yinga qo‘shild. Lebron o‘yinni 16 ochko bilan yakunladi, Bronni bitta to‘p kiritdi.

NBA tarixida o‘yinchilar ligaga otalaridan keyin qo‘shilgan 100 ga yaqin holatlar bo‘lgan, biroq ular bir vaqtning o‘zida birinchi marta o‘ynadi.

Lebronning o‘zi o‘g‘li bilan o‘ynash u uchun haqiqiy zavq ekanini aytgandi.

“Bu bugun yoki keyinroq sodir bo‘ladimi, farqi yo‘q, bu men uchun ahamiyatli voqea bo‘lib qoladi. Bu men uchun chinakam zavq beradi”, degan edi afsonaviy basketbolchi.

Lebron Jeyms 39 yoshda. U 2003 yil 29 oktyabrda NBA'da debyut qilgan. U to‘rt karra NBA chempioni bo‘lgan.

Iyul oyida Lebron “Los-Anjeles Leykers” bilan yangi shartnoma imzoladi. Shartnoma ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, bu muddat davomida basketbolchi 104 million dollar ishlab topadi.

NBA muntazam mavsumi 2025 yil 13 aprelda yakunlanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:07, 23.10.2024.
O'qildi: 1463 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.