Hujumchi Dominik Kalvert-Lyuinga bir qancha klublar qiziqish bildirmoqda. Biroq, 27 yoshli futbolchi navbatdagi qishki transfer oynasi vaqtida «Everton»da qolish niyatida. Bu haqda "Mirror" jurnalistlari xabar berishdi.
Aytish joizki, Kalvert-Lyuinning «Everton» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. "Transfermarkt" portali mutaxassislari futbolchini 22 million yevroga baholamoqda.