Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Ilyos Zeytullayev: "Bizni oldinda qiyin taqvim kutib turibdi"

Ilyos Zeytullayev: "Bizni oldinda qiyin taqvim kutib turibdi"

Baho:
+ | -

Superligada 22-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Bunyodkor" jamoasi bu tur o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Ilyos Zeytullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ba’zan shunday durang natijalar bo‘ladiki, o‘zingizni xuddi yengilgandek his qilasan o‘zingni. Raqib juda kuchli ekanligini tan olaman. Ular bugun ham 100 foiz o‘z imkoniyatini namoyish etdi. Bizga so‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol pand berdi. Bugun maydonda mehnat qilgan shogirdlarim uchun afsusdaman. G‘alabani ushlab qola olmadik.

Raqib bizga baxzi narsalarni qilishga imkon berdi, ba’zilariga esa yo‘q. Men raqib jamoasi ustozini yaxshi taniyman va uning ishi menga manzur keladi. Ular bizni chuqquroq himoyalanishga majbur qildi. Ayniqsa, Oleg Zoteeev sababli yigitlar yanada ortga qaytishga majbur bo‘ldi. Uning maydonda aql bilan harakat qilishi yigitlarga muammo tug‘dirdi.

Shogirdlaringizga bugun 10 ballik tizimda necha baho bergan bo‘lar edingiz?

Bilmadim, men jurnalist emasman. Murabbiy sifatida ularga 7-7.5 ball beraman. Albatta, har doim nimanidir kuchaytirish mumkin, ammo biz tushgan vaziyatdan kelib chiqsak, ulardan ko‘nglim to‘ldi.

Luis Kachorri ancha tanaffusdan keyin gollar urishni yana boshladi. Buning sababi nima?

Bu jamoada yaxshi ichki muhit borligidan dalolat. Luis 3-o‘yindirki, zaxiradan maydonga tushib gol urmoqda. Men futbolchi bo‘lganman va bu nima ekanligini yaxshi bilaman. U jamoamizning jangovor ruhini ko‘rsatib turibdi. Agar e’tibor qilgan bo‘lsangiz, biz gol kiritganimizda zaxira o‘rindig‘idagi futbolchilar ham birgalikda nishonlamoqda. Bu hamjihatlik belgisi. Vaholanki, biz hali hech narsaga erishganimiz yo‘q. Hozircha elitada jon saqlab qolishni uddalay olganimiz yo‘q.

Superligada jon saqlab qolish uchun kurash qanday ketmoqda va "Bunyodkor"ning imkoniyatlari qanday?

O‘yinlar oz qolayotgan paytda, oson uchrashuv bo‘lmaydi. Ba’zan jamoalarning taqvimiga qarab oson yoki qiyin deb baho berishadi, ammo men bunga qo‘shilmayman. Kechagi "Qizilqum" – "Paxtakor" bahsi bunga misol. Balki, "Paxtakor"ga OCHLdagi o‘yindan keyingi charchoq ta’sir qilgandir, ammo oson bahs yo‘q ekanligi aniq. Bizni juda og‘ir taqvim kutib turibdi. Chempionatning so‘nggi bellashuvlari og‘ir kechadi. Yaratgandan barchasi biz istagandek bo‘lishini so‘rab qolaman.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:52, 28.10.2024.
O'qildi: 985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.