«Barselona» o‘tgan shanba kuni Ispaniya chempionati doirasida «Real»ni safarda yirik 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
«Mundo Deportivo» xabariga ko‘ra, Lamin Yamal agar hakamga irqchilikka duchor bo‘lganini aytganida «El-klasiko» to‘xtatilishi mumkin edi. Ammo 17 yoshli futbolchi muxlislarning gaplariga e’tibor bermadi va jamoasining 3-goliga mualliflik qildi.