Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

Ten Xag "MYU" ustidan nazorat o‘rnatishga harakat qilgani ma’lum bo‘ldi

Ten Xag "MYU" ustidan nazorat o‘rnatishga harakat qilgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi klub ustidan nazoratni o‘rnatishga harakat qilganligi ma’lum bo‘ldi.

ESPN muxbiri Rob Dousonning so‘zlariga ko‘ra, u klubga turli shartlarni aytib bergan va klub ularga amal qilgan.

U o‘yinchilarni tezroq pas berishga undash uchun maydon uzunligidan tortib, "Old Trafford" sxemasigacha hamma narsani aytgan. Hukmronligining boshida Ten Xagga Karringtondagi videotahlil xonasini - ulkan ekrani, ko‘p qavatli pollari va "MYU" muxlislari tasvirlari tushirilgan interyeri bilan - 200 000 funt sterlingdan ko‘proq xarajat evaziga ta’mirlashga ruxsat berildi, deb yozadi Douson.

Muxbir shuningdek, sobiq murabbiy mehmonxona xonasini o‘zgartirib, stadiondagi skameykalarni ko‘chirishni so‘raganini aytdi.

U katta mehmonxona xonasini ta’mirlab, jamoasi uchun o‘yin oldi xonasiga aylantirdi. Kiyinish xonasidagi shkaflarni shunday tartibga soldiki, u o‘zining taktik plansheti oldida turganda himoyachilar uning chap tomonida, yarim himoyachilar va hujumchilar esa o‘ng tomonida o‘tirishdi.

"Old Trafford"da Ten Xag skameykalarni tunnelga yaqinlashtirishni talab qildi, garchi bu uning texnik maydoni yarim yo‘lda bo‘lishini anglatardi. Uning fikricha, bu unga o‘yinni yaxshiroq ko‘rish imkonini berardi. Unga buning uchun qo‘shimcha xarajatlar talab qilinishini aytishdi, chunki uy o‘rindiqlari isitilib, mehmondagi o‘rindiqlar esa isitilmagan, ammo Ten Xag turib oldi va o‘z aytganini qildirdi. U buni juda ko‘p qildi" - dedi Douson.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" 28 oktyabr kuni klubning muvaffaqiyatsiz natijalari tufayli Ten Xag bilan xayrlashdi. Klub 11 ochko bilan Premyer-liga turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 22:49, 29.10.2024.
O'qildi: 2419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.