Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 0-0 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 0-0 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Boks. Tayson Jek Pol bilan jangda ringda o‘lishga ham tayyorligini bildirdi

Boks. Tayson Jek Pol bilan jangda ringda o‘lishga ham tayyorligini bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson bloger Jeyk Polga qarshi jang o‘zi uchun muhim ekani, g‘alaba uchun u ringda o‘lishga ham tayyorligini bildirdi.

“Bu men uchun haqiqatan ham muhim jang. Agar g‘alaba qozonsam, o‘lmas jangchi bo‘laman. Agar yomon jang qilsam, kasalxonada yotib o‘lishni emas, ringda o‘lishni xohlayman. Men u bilan jang qilmoqchiman va uni yanchib tashlayman”, dedi Tayson YouTubeda e’lon qilingan jangning reklama roligida.

Ma’lumot uchun, jang dastlab 20 iyul kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq may oyida Tayson Mayamidan Los-Anjelesga uchayotgan samolyotda o‘zini yomon his qilgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Sobiq bokschi vakilining so‘zlariga ko‘ra, u qo‘nishga 30 daqiqa qolganida oshqozon yarasi ochilib ketgani bois unda ko‘ngil aynishi va bosh aylanishi boshlangan. Keyinchalik Most Valuable Promotions tashkiloti jangchilar uchun teng tayyorgarlik sharoitlarini ta’minlash uchun jang qoldirilgani ma’lum qildi.

Jang 15 noyabr kuni Texas shtatining Arlington shahrida bo‘lib o‘tadi.

27 yoshli Pol boksda 11 ta uchrashuv o‘tkazgan va janglarning faqat bittasida mag‘lubiyatga uchragan.

Tayson — 58 yoshda. Faoliyati davomida u 58 ta jang o‘tkazib, 50 ta g‘alaba (44 tasini nokaut bilan) qo‘lga kiritgan, 6 tasida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan, ikkita jang haqiqiy emas deb topilgan. Tayson professional ringdagi so‘nggi jangini 2005 yil 11 iyunda o‘tkazdi va irlandiyalik bokschi Kevin Makbraydga yutqazdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:52, 30.10.2024.
O'qildi: 1070 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик