Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Valensiya" va "Levante" o‘yinlari suv toshqinlari tufayli qoldirildi.

"Valensiya" va "Levante" o‘yinlari suv toshqinlari tufayli qoldirildi.

Baho:
+ | -

Ispaniya kubogining ikkita o‘yini tabiiy ofatlar tufayli qoldirildi.

Ispaniyaning janubi-sharqida kuchli yomg‘ir yog‘ib, ko‘plab hududlarni suv bosgan. Ayni damda 51 kishi halok bo‘lgani ma’lum.

Shu munosabat bilan "Parla Eskuyela" - "Valensiya" va "Pontevedra" - "Levante" uchrashuvlarini boshqa muddatga ko‘chirishga qaror qilindi. Jamoalar bugun Qirol kubogida o‘ynashi kerak edi.

Uchrashuvlarning yangi sanasi keyinroq e’lon qilinadi.

Kiritildi: 15:32, 30.10.2024.
O'qildi: 522 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик