Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Angliyada musulmon ayol futbolchi shorti kiyishdan bosh tortgani uchun maydonga kiritilmadi

Angliyada musulmon ayol futbolchi shorti kiyishdan bosh tortgani uchun maydonga kiritilmadi

Baho:
+ | -

Ilgari Somali terma jamoasi sardori bo‘lgan 24 yoshli Iqra Ismoil o‘tgan yakshanba kuni ayollar ligasining “United Dragons” jamoasidagi debyut o‘yinida diniy sabablarga ko‘ra shorti kiymagani uchun maydonga tusha olmadi.

“Men hakamdan “Siz mening diniy e’tiqodim va shorti kiya olmasligim uchun o‘ynashim mumkin emas, deyapsizmi?” deb so‘radim. Va u javob berdi: “Ha”. Men juda xafa bo‘ldim. Men qattiq xafa bo‘lganimda va g‘azablanganimda yig‘laydiganlardanman. Ko‘z yoshimni ko‘rgach, u vaziyatning jiddiyligini angladi.

Bu kabi hodisalar bizda o‘yinning tuzilishi haqida hali ham bilim yetishmasligidan dalolat beradi. Mening kiyinishimga muxlis emas, liga va hakam e’tiroz bildirdi. Bular rasmiy lavozimlarni egallab, o‘yin jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan odamlardir. Agar bu kabi odamlar madaniy va diniy tafovutlar haqida to‘g‘ri bilimga ega bo‘lmasa va odamlarning o‘yinda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymasa, demak, men kelajakka umidimiz katta emasligiga ishonchim komil.

Shu sababdan ko‘p ayollar ligada umuman o‘ynamaydilar – ularga avvalroq klublar, liga va hakamlar o‘ynay olmasliklarini aytishgan. Men juda qaysarman. Ko‘pchilik aynan shu sababdan futbolga mehr qo‘ymagan.

Futbolda odamlar o‘zlariga harakat qilish erkinligini beradigan juda ko‘p qoidalar mavjud. Misol uchun, agar siz formangiz ostida uzun yengli top kiysangiz, u formangiz bilan bir xil rangda bo‘lishi kerak, ammo bu qoidaga hamma amal qilmaydi. Men buni hakamga ko‘rsatdim. Ammo bunday jiddiy sababga ega bo‘lgan narsa haqida gap ketganda, hech qanday erkinlik berilmaydi”, dedi Ismoil.

Seshanba kuni ayollar ligasi (GLWFL) o‘yinchini qo‘llab-quvvatlab, voqea FA ko‘rsatmalarining “noto‘g‘ri talqin qilinishi” tufayli sodir bo‘lganini aytdi. Xalqaro futbol assosiasiyasi (IFA) qoidalariga ko‘ra, shortilar majburiy jihoz hisoblanadi, ammo GLWFL va FA formalari futbolchilarning diniy e’tiqodlariga nisbatan tolerant bo‘lishi kerakligini aytadi.

“Bizning tushunishimizcha, o‘yinchilarga oyoqlarini yopish uchun tayt yoki sport shim kiyishga ruxsat berilgan, biroq qoidalarga ko‘ra ular ham tepasidan shorti kiyishlari kerak. Aynan shu talabga hakam rioya qilishga harakat qildi.

Biroq, biz sport kostyumi ustidan shortilar  kiyish shart emasligini bilib oldik va o‘yin hakami o‘yinchilarning imkon qadar qulay sharoitda bo‘lishini ta’minlash uchun buni hisobga olishi kerak. Biz barcha hakamlarimizga yangilangan tavsiyalarni beramiz. Biz barchani, shu jumladan, Iqrani ham, boshqa futbolchilarni ham o‘z diniy e’tiqodlariga zid bo‘lmagan kiyim kiyishlari mumkin degan tamoyilni to‘liq qo‘llab-quvvatlashimizga ishontirmoqchimiz”, — deyiladi liga bayonotida.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:38, 31.10.2024.
O'qildi: 1040 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.