Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Murabbiylar: Rekordchi qariya

Murabbiylar: Rekordchi qariya

Baho:
+ | -

Avgust oyida Mircha Luchesku Ruminiya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Futbol olami uchun bu o‘ziga xos syurpriz bo‘ldi. Albatta, Eduard Yordeneskuning terma jamoani tark etishidan u yerdagilar xabardor edilar. U musobaqalar boshlanishidan avval federasiya rahbariyatini ogohlantirgandi. qarorga qandaydir muammo sababchi emas, murabbiy shunchaki, qisqa vaqt tanaffus olishga qaror qilgandi. Xullas, iyul oyi oxirida Yordeneskuning shartnoma muddati nihoyasiga yetdi, shundan beri murabbiy ishsiz yuribdi.

Biroq Mircha Lucheskuning qaytishini hech kim kutmagandi. Qariyb bir yil muqaddam Kiyevning «Dinamo»si bilan hamkorlikni to‘xtatgan murabbiy asosiy e’tiborini oilasiga qarata boshlagan va nafaqa chiqishni mo‘ljallayotgandek ko‘ringandi. Biroq Luchesku Ruminiya terma jamoasiga qaytishga qaror qildi.

Mamlakat FF mutasaddilari endi Yordeneskudan yuqoriroq malakali nomdor murabbiyni tanlash lozim, degan fikrda edilar. Mahalliy «Farul» klubida ishlaydigan George Xadji ko‘pchilik nomzodlar orasida yetakchi edi. Biroq George klubdan keta olmasligini aytib, taklifni rad etdi. Shuningdek, federasiya 2020-2021 yillarda Ruminiya yoshlar terma jamoasini boshqargan Adrian Mutu va paralel ravishda Luchesku bilan bog‘landi. Yakunda Mircha bobo oiladagi qarshilikka qaramasdan, taklifni qabul qildi. Yangilik e’lon qilinadigan kuni bosh murabbiy shunday degandi: «Zerikib qoldingizmi? Birgalikda ajoyib tarixni davom ettiramiz. Kecha 3 soatga yaqin faqat futbol haqida gaplashdik. Meni murabbiylikka taklif etishadi, deb o‘ylamagandim. Ochig‘ini aytganda, o‘zim ham taklif qilishlarini istamasdim. Chunki yosh murabbiylarni ko‘rishni xohlardim. Bilaman, bu oson ish emas. Lekin men peshqadam jamoaning navqiron avlodiga ishonaman. Menga mablag‘ ham, shon-shuhrat ham kerak emas. Terma jamoa bilan ishlashga boshimdan kechirgan baxtiyor onlarim majbur etdi. Meni bu yerga futbolga bo‘lgan muhabbatim olib keldi».

Ruminiyalik afsonaning terma jamoaga qaytishini vatandoshlari mamnuniyat bilan qarshi olishdi. Axir u 1981-1986 yillarda milliy jamoa bilan ishlagandi. 90-yillar oxirida bir yil Buxarestning «Rapid» klubini boshqarib, keyingi 20 yilni xorijiy jamoalarda o‘tkazdi.

Ayrim mutaxassislar Lucheskuning keyingi faoliyati xususida fikr bildirib, uni katta futbolga yo‘llagan va erishgan muvaffaqiyatlariga sababchi bo‘lgan ona yurtiga minnatdorchilik bildirish vaqti kelganligini ta’kidladilar. Uning keksayib qolganligi va salomatligi hech kimni ikkilantirgani yo‘q. Mircha bobodan sezilarli darajada kichik bo‘lgan federasiya prezidenti terma jamoaning yangi bosh murabbiy rahbarligida yanada rivojlanishi va JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga ishonch bildirdi.

Lucheskuning super starti. 3ta g‘alaba,  9ta gol

Yangi bosh murabbiy muhokamasi dastlabki o‘yinga qadar davom etdi. Masalan, u o‘tmishdoshi davrida mojaro tufayli jalb etilmagan Aleksandru Mitriseni ro‘yxatga kiritdi. Shuningdek, 5 yil muqaddam faoliyatini to‘xtatgan Aleksandr Kipchu ham qaytdi. Shaxsan Lucheskuning o‘zi 35 yoshli faxriyni qaytishga ko‘ndirdi va yig‘inga taklif etdi. Yulian Kristya esa 30ga chiqqunga qadar umuman, terma jamoaga jalb etilmagandi. Mircha uni ham ko‘ndirdi.

Yana bir nechta navqiron o‘yinchilar ham tarkibdan joy olishdi, asosiy o‘zagi Yevro-2024da shakllangan jamoa yakunda 1|8 finalgacha yetib bordi. Lucheskudan ortiqcha tirishqoqlik talab etilmadi. S ligasida qatnashayotgan ruminlar ilk turda Kosovo darvozasiga 3ta javobsiz gol urishdi. Keyin Litva ham o‘z darvozasidan shuncha to‘p olib chiqdi, lekin bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Oktyabr oyidagi bellashuvlar arafasida ajoyib yangilik keldi. Sloveniyaning «Olimpiya» klubida o‘ynaydigan Raul Floruch Avstriya terma jamoasidan taklif kutib o‘tirmay, Ruminiya sport fuqarosi huquqini olish uchun harakat qila boshladi. Mahalliy media xabarlariga ko‘ra, bu masalada Luchesku bilan bo‘lgan muloqot muhim rol o‘ynagan.

Yaqinda Ruminiya Kiprga ham 3ta javobsiz gol hadya etib, yetakchilik mavqeini mustahkamlab oldi. Yakunda jamoaning V divizioniga ko‘tarilib olishiga to‘siq bo‘ladigan sabab yo‘q hisobida. Luchesku matbuot anjumanlarida nafaqat o‘yin xususida, balki boshqa jihatlar haqida ham fikr bildiradi. Masalan, oxirgi o‘yindan keyin murabbiy shunday dedi: «Bir paytlar rumin futboliga nimadir berishim shart degan, fikr xayolimdan o‘tgandi. O‘shanda futboldan ketganimga 8 oy bo‘lgandi. bu vaqtni bolalar, nabira va abiralarga bag‘ishlab, ularga g‘amxo‘rlik qildim. Biroq keyin faoliyatni aynan Ruminiya terma jamoasi murabbiyi maqomida yakunlash kerak ekanligini tushundim. Mening shu yerda ekanligim jamoaga yordam beradi, deb o‘ylayman. Salomatligim joyida, entuziazm bor ekan, jamoa manfaati uchun kurashishda davom etaman».

15 oktyabr sanasida Ruminiya terma jamoasi Kaunas shahrida Litva terma jamoasi mehmoni bo‘lib, safardan kamtarin (2:1) g‘alaba bilan qaytdi. Luchesku bellashuvni odatdagidek, maydon chetida zavq-shavq bilan kuzatdi va rekordlarni yangilashda davom etmoqda. Mircha bobo - yuksak darajadagi jamoani boshqarayotgan eng keksa murabbiy!

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:11, 31.10.2024.
O'qildi: 909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.