Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Vinisiusga milliard dollarlik taklif tushdi!!!

Vinisiusga milliard dollarlik taklif tushdi!!!

Baho:
+-1 | -

Vinisius Saudiya Arabistonidan milliard dollarlik taklifni ko‘rib chiqmoqda.

"Relevo" xabariga ko‘ra, «Real Madrid» vingeriga Yaqin Sharqdan taklif bor. Bu Vinisiusni dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantiradigan 1 milliard yevrolik besh yillik shartnoma.

"Footmercato" xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni hukumati delegasiyasi futbolchini «Al-Hilol»ga o‘tishga ko‘ndirish uchun Madridga tashrif buyurgan. Braziliyalik futbolchiga ulkan loyiha taqdim etildi va unga 4 mavsum davomida «futbol olamida hech qachon ko‘rilmagan» maosh taklif qilishdi. Ular Vinisiusni liganing bosh yuziga va 2034 yilda ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati ramziga aylantirmoqchi.

Yevropaning bir qancha boy klublari, jumladan, «PSJ», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» ham vaziyatni kuzatmoqda. «Real Madrid» Vinisius shartnomasining so‘nggi yilida uzaytirilmasdan qolishi mumkin bo‘lgan «Mbappe holati»ning takrorlanishini qat’iyan istamaydi, shuning uchun yaqin kelajakda yangi muhokamalar kutilmoqda.

"Footmercato" ma’lumotlariga ko‘ra, Vinisius o‘zini Yaqin Sharqda sinab ko‘rishga tayyor, ammo 2026 yildan keyin ko‘chib o‘tish niyatida. Ungacha u Yevropada o‘ynashni davom ettirmoqchi va kelasi yil yana «Oltin to‘p» uchun kurashmoqchi.

Kiritildi: 22:21, 01.11.2024.
O'qildi: 6335 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.