Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dovbik «Roma»ning keyingi o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi kutilmoqda

Dovbik «Roma»ning keyingi o‘yinini ham o‘tkazib yuborishi kutilmoqda

Baho:
+ | -

«Roma» hujumchisi Artyom Dovbik 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Verona»ga qarshi A Seriya 11-turi doirasidagi safar o‘yinini o‘tkazib yuborish xavfi bor.

27 yoshli ukrainalik futbolchi 1 noyabr kuni Rim klubining mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi. Uning keyingi o‘yindagi ishtiroki so‘roq ostida.

2 noyabr kuni jamoani «Verona» bilan uchrashuvga yuborishdan oldin hal qiluvchi tekshiruv o‘tkaziladi.

Futbolchi istima tufayli 31 oktyabr kuni «Torino»ga qarshi maydonga tushmadi. O‘yin boshlanishidan oldin uning tizzasida noqulaylik borligi ham xabar qilingandi.

Italiya klubi safida 12 ta o‘yinda maydonga tushgan hujumchi 5 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:43, 01.11.2024.
O'qildi: 673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик