Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Donnarumma: "Orzum – Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish"

Donnarumma: "Orzum – Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish"

Baho:
+ | -

"PSJ" darvozaboni Janluiji Donnarumma o‘zini fransuz klubi yetakchisi deb hisoblaydi.

"Men o‘zimni ushbu jamoaning yetakchisidek his qilyapman va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni orzu qilaman. Fransiya chempionatiga kelsak, bu mavsum juda qiyin bo‘ladi, men de Dzerbining saviyasini bilaman, uning "Marsel"i kuchli, ammo bizda ham xuddi shunday ajoyib murabbiy bor", - deya Donnarumma so‘zlarini keltiradi Mediaset.

To‘qqiz turdan so‘ng "PSJ" Fransiya chempionatida eng yaqin ta’qibchisidan atigi 3 ochkoga oldinda peshqadam bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 22:46, 01.11.2024.
O'qildi: 525 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик