Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real Madrid" nemis futbolchisi uchun kurashadi

"Real Madrid" nemis futbolchisi uchun kurashadi

Baho:
+ | -

"Bayer" yarim himoyachisi Florian Virs faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

Insayder Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, "Real Madrid" Virs uchun kurashga qo‘shilgan va futbolchining vakillari bilan muzokaralar olib borgan.

Qayd etilishicha, ispan klubi “Bayer” bilan hozircha aloqaga chiqmagan. 21 yoshli germaniyalik ko‘pchilik Yevropa gigantlari uchun asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.

Uning Leverkuzen klubi bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Joriy mavsumda Florian Germaniya chempionatida sakkizta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:17, 01.11.2024.
O'qildi: 2088 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик