Kirish Ro'yxatdan o'tish

Konte: "Men e’tiqodli odamman, lekin..."

Konte: "Men e’tiqodli odamman, lekin..."

Baho:
+ | -

Antonio Konte "Napoli" faqat ibodat bilan chempionlikka erisha olmasligini aytdi.

Neapolliklar A Seriyaning 10-turidan keyin 25 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi "Inter" esa 4 ochko kam.

"Napoli" bosh murabbiyidan jamoaning yakuniy chempionligi mo‘jiza bo‘ladimi, degan savol berildi.

"Men e’tiqodli odamman, ammo mo‘’jizalar yarata oladigan birgina odamni bilaman. Men har doim, hatto jamoa uchun ham, oilamdan tashqari, futbolchilar uchun ham ibodat qilaman.

Chempionatda qo‘shimcha ochkolar olib kelishi mumkin bo‘lgan ajoyib narsalarni yaratish uchun biz hammamiz, oshpazdan tortib, kiyim-kechak ustasigacha birgalikda ishlashimiz kerak. Biz xatoga yo‘l qo‘ya olmaymiz, bunga haqqimiz ham yo‘q. Albatta, futbolda har doim mo‘’jizalar bo‘lgan, lekin bunga umid qilish uchun ishlash kerak, faqat ibodat qilish yetarli emas," - dedi Konte.

Kiritildi: 05:18, 02.11.2024.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик