Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

"So‘g‘diyona" bosh murabbiyi kelasi mavsum tarkib kuchaytirilishiga umid qilmoqda (matbuot anjumani)

"So‘g‘diyona" bosh murabbiyi kelasi mavsum tarkib kuchaytirilishiga umid qilmoqda (matbuot anjumani)

Baho:
+ | -

Superligada 23-tur bahslari davom ettirildi. "So‘g‘diyona" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Surxon"ni qabul qildi va 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Rade Petrovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugungi o‘yindan keyin, nimadir deyish juda qiyin. Raqib bizni bir yarim yilda 4 marotaba mag‘lubiyatga uchratishni uddalagan edi. Biz o‘yin oson bo‘lmasligini bilar edik. Birinchi bo‘limda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildik. Keyin, Yovovich bilan bo‘lgan holat ta’sir qildi. Ketma-ket 4 marta to‘p o‘tkazib yubordik. Raqibni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman.

Ikki xil taym sababi noto‘g‘ri o‘zgarishlar sababli deb o‘ylaysizmi?

Ba’zida, shunday ham bo‘lib turadi. Ayrim o‘yinlarda zaxira o‘rindig‘i yordamida ochkolar ishlab olgan edik. Bugun o‘xshamadi. Jarohat sababli almashtirdik. Keyin qizil kartochkali vaziyat sababli uni ham almashtirdik. OKMK va "Bunyodkor" bilan yaxshi o‘yinlar o‘tkazdik. Biz tanaffusda turnir jadvalida 2-o‘rinda edik. Ikkinchi qirq besh daqiqalikda 4 ta gol o‘tkazib yubordik.

"Surxon" bugun raqib jarima maydonchasida o‘zini yaxshi his qildi. "So‘g‘diyona"ning tayanch zonasi yomon o‘yin ko‘rsatdimi?

Biz bugun eng tomoshabop futbol o‘ynaydigan jamoa bilan to‘qnash keldik. Bugun yarim himoya chizig‘i ko‘p imkoniyatlarni yaratgani bor gap. Bizda, himoya chizig‘idagi o‘yinimiz qovushmadi. Ko‘p o‘ylagan narsalarimiz o‘xshamadi.
"Nasaf"ni chempionlik bilan tabriklayman. "Nasaf", "Lokomotiv" va "Dinamo"ga qarshi uchta o‘yinda ham g‘alaba qozonishni istaymiz.

Suhrob Izzatov bugun maydonda ko‘rinmadi?

U so‘nggi 2-3 o‘yinda yaxshi o‘yin namoyish etdi, ammo bugun negadir o‘xshamadi. Nafaqat u, balki boshqa futbolchilarimiz ham maydonda kutilganidek ko‘rinmadi.

Tarkibni kuchaytirish kerak deb hisoblaysizmi?

Albatta, buni rejalashtirganmiz. Kim jamoada qolishi kim ketishi borasida o‘ylab ko‘ramiz. Umid qilamizki, keyingi mavsumda tarkibni kuchaytiramiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:09, 02.11.2024.
O'qildi: 1269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик