Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Qizilqum" bosh murabbiyi: "Bugun omad yetishmadi"

"Qizilqum" bosh murabbiyi: "Bugun omad yetishmadi"

Baho:
+ | -

Superligada 23-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Qizilqum" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Dinamo"ni qabul qildi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bugun biroz omadimiz kelmadi. Yigitlar oxirigacha jang qilishdi. Oldinda 3 tur bor. Unga maksimal tayyorgarlik ko‘ramiz.

Bugun nima yetishmadi deb o‘ylaysiz?

Hujumda keskinlik yetishmadi. Jarohat olgan Lobjanidzening yo‘qligi bog‘lamlar ishlamasligiga sabab bo‘ldi. Vaholanki yomon o‘ynamadik. Vaziyatlar yaratdik.

Hakam bilan tortishib qolganingiz sababi nima?

Bu futbol. Unda emosiya bo‘ladi. Shu bois hakam meni ogohlantirdi. E’tirozlar bo‘ldi, ammo hakam qarorni o‘zgartirmaydi. Jiddiy hech narsa yo‘q.

Mavsum boshida qo‘yilgan maqsadga qanchalik yetdingiz?

Hali oldinda 3 o‘yin bor. Hozirgi taqvimda hammasi birdaniga o‘zgarib ketishi mumkin. Bu o‘yinlarda kutilamagan natijalar bo‘ladi.

Kelasi mavsumda o‘rinbosarlardan kimlarni e’tirof etasiz?

Legionerlarni zaif nuqtalarni berkitish uchun olib kelamiz. Haqiqatdan ham yoshlarimiz yaxshi natijalar qayd etmoqda. Bozorov, Asadov singari yigitlarga imkon berilmoqda.

Muhammadali G‘iyosovga xaridor ko‘pmi?

U o‘sib bormoqda. Medallar uchun kurashadigan jamoalarda o‘ynash darajasiga chiqib bo‘ldi. Vaqt ko‘rsatadi. 3 ta o‘yindan keyin xulosa qilamiz.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 05:49, 03.11.2024.
O'qildi: 743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик