Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Prevyu. «Paxtakor» - «Ar-Rayyan»

Prevyu. «Paxtakor» - «Ar-Rayyan»

Baho:
+ | -

«Paxtakor» Elit Chempionlar Ligasi 4-turida 5 noyabr kuni Toshkentda Qatarning «Ar-Rayyan» jamoasini qabul qiladi.

Ushbu klub bilan ilgari to‘qnash kelinmagan. «Rayyan» 8 karra Qatar chempioni bo‘lib, 6 bor Qatar Amiri Kubogi, 4 marta Qatar Kubogi va 5 marta Shayx Jassim Kubogi g‘olibiga aylangan. Oxirgi chempionligini 2015-16 yilgi mavsumla qo‘lga kiritgan. Jamoani mahalliy mutaxassis Yunus Ali boshqarib kelmoqda. Chempionlar Ligasi uchun «Rayyan» safida qatarlik o‘yinchilardan tashqari 12 nafar xorijlik futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

«Paxtakor» Qatarning boshqa jamoalari bilan xalqaro musobaqalarda faqat Chempionlar Ligasida o‘ynagan.

«Paxtakor»ning Qatarning 5 klubiga qarshi jami 18 uchrashuvda maydonga tushgan. «Garafa» bilan eng ko‘p duch kelgan – 6 bor. «Sadd» va «Duxayl» bilan to‘rt martadan, «Qatar» SK va «Arabi» bilan esa ikkitadan uchrashuv o‘tkazilgan. Bu o‘yinlarda 5 g‘alaba, 5 durang va 8 mag‘lubiyat kuzatilgan. Raqiblar darvozalari 26 marta ishg‘ol qilinib, 29 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Toshkentda Qatar jamoalariga qarshi yetti bellashuv bo‘lib o‘tgan. Ular 4 g‘alaba va 3 durang qayd etilgan. 14 to‘p kiritilgan va 6 gol qo‘yib yuborilgan. Quyida ”Paxtakor” bilan to‘qnash kelgan Qatar klublari va natijalar aks etgan.

«Al Garafa» - 3:0, 3:4, 2:2, 2:0, 0:1, 1:2
«Qatar» SK - 1:0, 0:0
«Al Sadd» - 1:1, 1:2, 2:2, 1:2
«Al Arabi» - 3:1, 1:0
«Duxayl» - 1:3, 2:2, 2:3, 0:3.

Kiritildi: 18:58, 03.11.2024.
O'qildi: 3420 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.