Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Kristian Eriksen: «Guruhimiz birlashayotgani yaqqol bilinyapti...»

Kristian Eriksen: «Guruhimiz birlashayotgani yaqqol bilinyapti...»

Baho:
+ | -

Kristian Eriksenning aytishicha, u turli chizmalar asosida o‘ynashdan rohatlanadi, faqat to‘p bilan ko‘proq ishlasa, bas.

Daniyalik futbolchi joriy mavsumni ancha yaxshi boshladi - «MYU» klubi va Daniya milliy jamoasi o‘yinlarida 4ta gol urishdan tashqari, 4ta assist qayd etdi. Eriksen jumladan, o‘tgan payshanba oqshomi Turkiyada «Fenerbaxche»ga qarshi kechgan YEL bahsida «MYU»ning asosiy pleymeykeri Brunu Fernandesh (portugaliyalik diskvalifikasiyaga uchragandi) o‘rnini egalladi. Bir kun oldin esa o‘yinoldi matbuot anjumanida bosh murabbiy Erik ten Xagga hamrohlik qilgan Eriksen turli taktik chizmalarga moslashishda qiyinchilikka uchramasligi, xilma-xil uslublarda o‘ynashga moyilligini alohida tilga oldi.

- Kristian, oxirgi mavsumlar siz uchun biroz og‘ir kechayotgandek...

- Ha, lekin har mavsum bosh­qacha tus olishi tabiiy hol. Futbolchi ba’zi mavsumlarda yaxshi o‘ynaydi, gohida ishlari yurishmaydi. To‘g‘ri, oxirgi ikki mavsum davomida jarohatlar tufayli jamoa bilan nisbatan kam vaqt o‘tkazdim. Muhimi, yaxshi sport holatida bo‘lganimda, har doim tayyor turdim. Hozir «Yunayted»da yo‘lga qo‘yilgan yarim himoya sxemasida o‘ynash jonu-dilim. Tushunarliki, futbolchi hamisha iloji boricha ko‘proq o‘ynashni xohlayli, lekin oxir-oqibat, tarkibga kimlar kirishini murabbiy hal qiladi. Siz esa har qanday vaziyatda mashg‘ulotlarda qo‘ldan kelganicha ishlashingiz shart.

- Umuman, qaysi taktik sxemada yaxshiroq o‘ynaysiz?

- Men uchun klubning qaysi chizmaga tayanishi ikkinchi masala hisoblanadi. Zero, o‘yin­lar bir-biridan farqlanadi, baribir. «MYU» odatda 4-2-3-1, 4-4-2 yoki 4-5-1 chizmasi bo‘yicha o‘ynaydi. Bulardan birini tanlashimdan ma’no yo‘q, to‘p qanday harakatlantirilishidan qat’iy nazar, maydonga tushsam, bas.

- Turkiyadagi stadionlar atmosferasi haqida eshitgandirsiz. Oldin ham bu yerda o‘ynaganmisiz?

- Ha, Turkiyada o‘ynash tajribasiga egaman. Bir necha yil oldin Daniya termasi safida turklarga qarshi kechgan bahsda ishtirok etgandim. Qisqasi, bu yerda maydonga tushish qandayligi haqida muayyan tasavvurga  egaman. O‘tgan mavsum esa «Galatasaroy» bilan o‘yinni o‘tkazib yubordim va atmosfera qandayligini yaqindan ko‘rdim. Menimcha, «Fenerbaxche»ga qarshi o‘yinda ham tribunalar qaynasa kerak. Muhimi, murabbiy aytganidek, xuddi shunday muhitda o‘ynashni yaxshi ko‘ramiz. O‘ylaymanki, har qanday futbolchi stadiondagi qaynoq atmosferani alohida qadrlaydi.

- «MYU» hozircha YELda biroz ishonchsizroq o‘yin ko‘rsatmoqda. Bunga nima deysiz?

- Menimcha, ishonch katta rol o‘ynaydi. Aytish shart emas, durang va mag‘lubiyatlar jamoa­da ishonchni ma’lum darajada pasaytiradi. Deylik, «Tvente» bilan o‘yinda g‘alabaga yaqin edik, ammo yakuniy natija - durang. Asosiy jihat shuki, shundan buyon guruhimiz tobora birlashayotganini yaqqol his qilyapman. Deylik, bir nechta yaxshi o‘yinlar o‘tkazdik. Umuman, har qanday uchrashuvda faqat g‘alabani ko‘zlaymiz. «Yunayted» safida o‘ynaganingizda, boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Asosiy maqsad - g‘alaba. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, shunga intilamiz, albatta.

- Kelajak haqida: «MYU»da qolishni o‘ylayapsizmi yoki...?

- Qolish-qolmaslik to‘liq o‘zimga bog‘liq emas, o‘rtadagi shartnoma muddati tugagach, qarorni klub rahbariyati chiqaradi. Hozirgi holatda bu yerda o‘tayotgan vaqtdan zavq-lan­yapman. Umuman, oxirgi bir necha yildan buyon faoliyatimdan qoniqyapman. Shunday ekan, yoz kelsin, agar klub qolishimni istasa, bu chorlovni jiddiy qabul qilaman, albatta.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:55, 03.11.2024.
O'qildi: 1570 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик