Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya - PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

"Inter" - "Napoli" uchrashuvi hal qiluvchi o‘yinmi? Indzagi javob berdi

"Inter" - "Napoli" uchrashuvi hal qiluvchi o‘yinmi? Indzagi javob berdi

Baho:
+ | -

"Inter" bosh murabbiyi Simone Indzagi "Napoli"ga qarshi A Seriyaning navbatdagi turidan o‘rin olgan uchrashuv haqida gapirdi.

Yakshanba kuni neapolliklarning g‘alabali seriyasi uzildi – Antonio Konte shogirdlari o‘z maydonida "Atalanta"ga mag‘lub bo‘ldi (0:3). Biroz vaqt o‘tgach, "Inter" raqibining ochko yo‘qotishdan unumli foydalanib, "Venesiya"ni mag‘lub etdi (1:0). Endi "neradzurrilar"ning peshqadam "Napoli"dan farqi atigi bir ochkoni tashkil etadi, kelasi yakshanba kuni esa jamoalar Milanda o‘zaro o‘yin o‘tkazishadi.

"Hal qiluvchi o‘yinmi? Yo‘q, bu o‘yin hal qiluvchi bo‘ladi deb o‘ylamayman. Ha, bu juda muhim o‘yin, lekin bundan oldin Yevropaning eng zo‘r jamoalaridan biri bo‘lgan "Arsenal" bilan to‘qnash kelishimiz kerak. Hozir bor e’tiborimni shu narsaga qaratganman", - deya Indzagidan iqtibos keltiradi Football Italia.

Kiritildi: 08:09, 04.11.2024.
O'qildi: 494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик