Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kulushevski APLda kamida 20 ta assist bergan uchinchi shvesiyalik futbolchiga aylandi

Kulushevski APLda kamida 20 ta assist bergan uchinchi shvesiyalik futbolchiga aylandi

Baho:
+ | -

3 noyabr kuni "Tottenxem" APLning 10-turi doirasidagi o‘yinda "Aston Villa"ni mag‘lub etdi (4:1).

Ushbu uchrashuvda londonliklar yarim himoyachisi Deyan Kulushevski golli uzatmani amalga oshirdi. 75-daqiqada 24 yoshli shvesiyalik futbolchi hujumchi Dominik Solankega assistentlik qildi.

Bu Kulusevskining faoliyatidagi Premyer-liga o‘yinlaridagi 20-assistenti bo‘ldi.

Deyan turnir tarixida 20 va undan ortiq golli uzatmani amalga oshirgan uchinchi shved futbolchisiga aylandi.

Shvesiyalik futbolchilar orasida Angliya Premyer-ligasida eng ko‘p golli uzatmani amalga oshirish bo‘yicha rekordchi "Arsenal" va "Vest Xem" sobiq yarim himoyachisi Fredrik Yungberg hisoblanadi - 29 golli uzatma.

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda Sebastyan Larson joylashgan bo‘lib, u Angliya chempionatida 26 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U "Arsenal", "Birmingem", "Sanderlend" va "Xall Siti" klublarida o‘ynagan.

Kiritildi: 11:36, 04.11.2024.
O'qildi: 514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик