Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Xabi Alonso Slotning "Liverpul"i haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Xabi Alonso Slotning "Liverpul"i haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Liverpul"ning Arne Slot qo‘l ostidagi kuchini baholadi.

Seshanba kuni merseysaydliklar o‘z uyida Chempionlar ligasi o‘yinida Leverkuzendan kelgan mehmonlarni qabul qiladi.

"Liverpul" ajoyib damlarni boshdan kechirmoqda. Men Arne Slotni "Feyenoord"da ishlagan paytlaridayoq kuzatganman, uning yondashuvi menga tanish. Slot futboli va "Liverpul" shiddati ajoyib aralashmadir. Shuning uchun ular Premyer-ligada peshqadamlik qilmoqda. Bu jamoa hamma narsada kuchli.

Murabbiy uch oy ichida ajoyib ish qildi. "Enfild"dagi o‘yin biz uchun katta sinov bo‘ladi. Ayni paytda "Liverpul" Yevropadagi eng yaxshi jamoalardan biri. Bizning o‘z rejamiz bor. Ko‘ramiz, nima bo‘ladi," - deya Alonsoning so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Jeyms Pirs.

Kiritildi: 05:28, 05.11.2024.
O'qildi: 786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик