Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Elit OCHL. "Paxtakor" bugun Qatar klubini mehmon qiladi

Elit OCHL. "Paxtakor" bugun Qatar klubini mehmon qiladi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha Elit Osiyo chempionlar ligasining g‘arbiy mintaqasida to‘rtinchi tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu turdan o‘rin olgan "Persepolis" - "Al-Garafa" bahsi 1:1 hisobida o‘z yakuniga yetgan bo‘lsa, "Al-Hilol" o‘z maydonida "Istiqlol"ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shuningdek, “Al Ahli” bu turda “Al Shorta” ustidan 5:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Al Vasl” – “Al Sadd” uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi.

Bugun, 5 noyabr kuni musobaqaning 4-turida “Paxtakor” –“Ar-Rayan”, “An-Nasr” – “Al-Ayn” bahsiga guvoh bo‘lamiz. “Paxtakor” –“Ar-Rayan” uchrashuvini yaponiyalik hakamlar guruhi boshqaradi.

Shu o‘rinda, bugun poytaxtimizdagi “Jar” stadionida o‘tkaziladigan “Paxtakor” –“Ar-Rayan” uchrashuvi oldidan ushbu jamoalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim ko‘rdik.

Poytaxtimizning bosh jamoasi Qatarning “Ar-Rayan” klubi bilan ilgari to‘qnash kelmagan bo‘lsa-da, bu mamlakat klublariga qarshi bir necha bor o‘yin o‘tkazgan.

Endi esa “Ar-Rayan” haqida ayrim ma’lumotlarga e’tiboringizni qaratamiz. Jamoa 8 karra Qatar chempioni bo‘lib, 6 bor Qatar Amiri kubogi, 4 marta Qatar kubogi va 5 marta Shayx Jassim kubogi g‘olibiga aylangan. Oxirgi chempionligini 2015-16 yilgi mavsumda qo‘lga kiritgan.

Jamoani mahalliy mutaxassis Yunus Ali boshqarib kelmoqda. Chempionlar ligasi uchun “Ar-Rayan” safida qatarlik o‘yinchilardan tashqari 12 nafar xorijlik futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. “Paxtakor” haqida esa mamlakatimiz futbol muxlislari yetarlicha ma’lumotga ega ekaniga shubha yo‘q.

Darvoqe, “Paxtakor” Qatarning boshqa jamoalari bilan xalqaro musobaqalarda faqat Chempionlar ligasida o‘ynagan. Aniqrog‘i, Qatarning 5 klubiga qarshi jami 18 uchrashuvda maydonga tushgan. “Al-Garafa” bilan eng ko‘p duch kelgan – 6 bor. "As-Sadd" va "Al-Duxayl" bilan to‘rt martadan, “Qatar” SK va “Al-Arabi” bilan esa ikkitadan uchrashuv o‘tkazilgan. Bu o‘yinlarda 5 g‘alaba, 5 durang va 8 mag‘lubiyat kuzatilgan. Raqiblar darvozalari 26 marta ishg‘ol qilinib, 29 ta to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Toshkentda Qatar jamoalariga qarshi yetti bellashuv bo‘lib o‘tgan. Ularda 4 g‘alaba va 3 durang qayd etilgan. 14 ta to‘p kiritilgan va 6 gol o‘tkazib yuborilgan.

Kiritildi: 11:41, 05.11.2024.
O'qildi: 1105 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик