Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

Agent Neymar faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligini aytdi

Agent Neymar faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligini aytdi

Baho:
+ | -

Portugaliyalik agent Paulo Barbosa "Al-Hilol"ning braziliyalik hujumchisi Neymarning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

Oldinroq Saudiya Arabistoni jamoasi 32 yoshli braziliyalik futbolchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

"Ikki variant bor: Braziliya yoki MLS. Menimcha, Neymar Braziliyada faoliyatini yakunlamoqchi. Ammo hozir bunga hali erta", - dedi Barbosa.

Barbosaning so‘zlariga ko‘ra, Neymar Amerikaga boradi, u yerda uning do‘sti Lionel Messi kutmoqda. Bir yarim yil ichida Neymar "Al-Hilol" safida atigi yettita o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:06, 06.11.2024.
O'qildi: 6296 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.