"Atletiko" joriy mavsumda 90-daqiqadan 8 ta gol urdi.
Bosh murabbiy Diyego Simeone shogirdlari Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 4-turidan o‘rin olgan "PSJ"ga qarshi o‘yinda (2:1) g‘alabani ilib ketdi - hujumkor yarim himoyachi Anxel Korrea 93-daqiqada gol urdi.
Argentinalik futbolchi joriy mavsum qo‘shib berilgan vaqtda uchinchi bor gol urdi. Avvalroq, uning 92-daqiqada urgan goli safarda "Atletik" ustidan g‘alaba keltirgan bo‘lsa (1:0), 95-daqiqada "Real" bilan uy derbisida durang (1:1) olib kelgandi.