Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston U-20 bosh murabbiyi Osiyo Kubogi qur’a natijalari xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

O‘zbekiston U-20 bosh murabbiyi Osiyo Kubogi qur’a natijalari xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

Baho:
+ | -

Xitoyning Shenchjen shahrida U-20 Osiyo Kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov qur’a natijalari va jamoaning tayyorgarlik rejasi xususida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

"Osiyo Kubogida barcha jamoalar yuqori saviyali hisoblanadi. Guruh bosqichidayoq kuchli jamoalarga qarshi kurash olib boramiz. Indoneziyaga kelsak, ularga qarshi o‘yin o‘tkazganmiz va jamoaning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. So‘nggi yillarda u yerda futbol yaxshi darajada o‘sishga erishdi. Ular musobaqada raqiblariga syurpriz qilishga harakat qilib ko‘rishadi, shu sababli bu o‘yin ham o‘ziga yarasha qiziq bo‘ladi. Yaman haqida hozir nimadir deyish qiyin. Eron bilan o‘yinlar esa so‘nggi paytlarda yangilik bo‘lmay qoldi, sababi — qaysi musobaqada bo‘lmasin, qaysi yosh toifasi bo‘lmasin Eron bilan doimiy o‘ynab kelmoqdamiz.

Xitoyda bizni juda ham muhim o‘yinlar kutib turibdi, barcha uchrashuvlarimiz finalga teng. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Osiyoning eng kuchli terma jamoalari kurash olib boradi. Shu sababli maydonda haqiqiy jang bo‘ladi, deyish mumkin.

Oldimizda qisqa vaqt qoldi. Tayyorgarlik bo‘yicha reja asosida davom etishimiz kerak, futbolchilarni ham jismoniy ham ruhiy tomonlama yuqori formada musobaqaga olib borish talab etiladi. Bizda mavsum yakunlanmoqda, biroq bu ustida ishlaymiz va ushbu muhim musobaqaga jamoani yuqori darajada tayyorlab borish bo‘yicha kerakli ishlarni qilamiz.

Eng muhimi, bizda ishonch bor. Men jamoamizga, futbolchilarga ishonaman. Ular avvalgi o‘yinlarda ham nimalarga qodirliklarini ko‘rsata olishdi. Tarkibimizda iqtidorli futbolchilarimiz juda ko‘p. Xudo xohlasa, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz", — deydi yoshlar jamoasi bosh murabbiyi.

Ma’lumot uchun, U-20 Osiyo Kubogi 2025 yilning fevral oyida Xitoyda bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini Yamanga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:12, 07.11.2024.
O'qildi: 1391 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.