Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

"Lokomotiv" klubi matbuot xizmati sabab jarimaga tortiladi

"Lokomotiv" klubi matbuot xizmati sabab jarimaga tortiladi

Baho:
+ | -

Superliga 24-turidan o‘rin olgan "Dinamo" 1:2 "Lokomotiv" uchrashuvi mehmon jamoaning messenjeri orqali matnli translyasiya qilib borildi.

Matnli translyasiya davomida uchrashuv rasmiylariga nisbatan ochiqdan-ochiq nohaq fikrlar bildirildi. "Superliga va Proliga reglamenti"da hakamlikka nisbatan e’tiroz bildirish tartibi uchun alohida bob ajratilgan bo‘lib, unda bu ish qanday amalga oshirilishi batafsil tushuntirilgan. Shunga qaramay, "Lokomotiv" klubi hakamlik yuzasidan hech qanday rasmiy shikoyat kiritmagan. Bundan ko‘rinadiki, klub matbuot xizmati hamda klub rahbariyatining o‘yin yuzasidan pozisiyasi bir-biridan farq qiladi.

Superliga bellashuvi jonli teletranslyasiya qilinadi va uni takroriy lavhalar yordamida kuzatish imkoniyati mavjud. Shuningdek, mazkur musobaqaning har bir uchrashuvida VAR tizimidan foydalanib kelinmoqda. "Dinamo" — "Lokomotiv" uchrashuvida VAR uzilishlarsiz faoliyat olib borgan bo‘lib, undagi barcha detallar nazorat ostida bo‘lgan.

"Liga tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar va musobaqalarda ishlovchi OAV vakillari uchun media yo‘riqnoma”ning 2.2-bandida klub matbuot kotibi rasmiy sahifalarda e’lon qilingan materiallar uchun javobgar ekanligi belgilangan. Liga "Lokomotiv" matbuot xizmatining xatti-harakatlari yuqorida ko‘rsatilgan har ikki reglamentga zid ekanligidan kelib chiqib, klubga nisbatan jarima intizom chorasi ko‘rilishini ma’lum qiladi. Kelgusida bu kabi holat takrorlansa, matbuot kotibiga berilgan Liga lisenziyasi qaytarib olinadi hamda jamoa uchun boshqa kotibni Liga ro‘yxatidan o‘tkazish talab etiladi.

Kiritildi: 12:47, 08.11.2024.
O'qildi: 1033 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.